O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi 158-PF ijrosi amalda
2025-yilning 2-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi professor-o’qituvchilari R.S.Xasanov, Sh.A.Muxamedova, J.A.Aliyeva, A.T.Toxirov va D.D.Mo’minovalar "Texnikum faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish bo'yicha YO'L XARITASI" ijrosi yuzasidan Angren texnologiyalar texnikumiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida texnikumdagi ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va muassasaning umumiy faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani takomillashtirish va talabalar uchun qulayliklarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan qator amaliy takliflar bildirildi, ishlar rejalashtirildi.
Shuningdek kelishilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan dual ta'limga bitiruvchilarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilish, texnikum bitiruvchilarini 2-bosqichdan o'qishga qabul qilish, hamkorlikda o'quv uslubiy adabiyotlar chop etish, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun master-klass va seminarlar tashkil etish, bitiruvchilar uchun institutimizda ochiq eshiklar kunini tashkil etish kabi masalalar kelishib olindi.