O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim sohasi yanada mustahkamlanmoqda.
9-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori prof. Botir Usmonov Vengriyaga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Vengriya Madaniyat va innovatsiyalar vaziri Balaj Xanko bilan amaliy uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda O’zbekiston-Vengriya III rektorlar forumini o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy masalalar, Obuda universiteti hamda O’zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlari o’rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari, Jizzax viloyatida barpo etilayotgan INNO texnopark masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan Vengriya Madaniyat va innovatsiyalar vaziri Balaj Xanko O’zbekiston-Vengriya III rektorlar forumida ishtirok etishi uchun O’zbekistonga taklif qilindi.