Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzbekiston va Italiya universitetlari oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Oʻzbekiston va Italiya universitetlari oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

25-aprel kuni Samarqand davlat universitetida “Oʻzbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, ikki mamlakat elchixonalari hamda yetakchi oliy taʼlim muassasalari ishtirokida oʻtkazildi.

Ushbu davra suhbatida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Xalqarolashtirish va transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Zebo Babaxanova hamda Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘lim boshlig’i Aziz Uzakovlar ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Venetsiyadagi Kaʼ Foskari universiteti oʻrtasida ikki diplomli taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga oid hamkorlik shartnomasi imzolandi.