Ijtimoiy tarmoqlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agroinspeksiya qoshidagi Qishoq xo'jaligi mahsulotlarini baholash markazi davlat muassasasida 60720500 - Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabalari uchun DAK bitiruv malakaviy ishi himoyasi o‘tkazildi.

Tadbirni Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich kirish so'zi bilan ochib berdi, fakultet dekani A.M.Normatov talabalarni samimiy tabrikladi va ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tiladi.

Himoya jarayoni DAK raisi, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti D.I.Samandarov, Renesans ta’lim universiteti PhD dotsenti D.D.Mirxodjayeva va PROMEAT GROUP boshqaruv rahbari X.M.Abdualibekov boshchiligida tashkil etildi.

Talabalar o‘z ilmiy ishlari yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyish etdilar. Savol-javoblar chog‘ida ular o‘z ta'lim yo'nalishi bo‘yicha yetarli bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega ekanliklarini ko‘rsatib berishdi. Har bir bitiruv ishi komissiya a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholandi.