“Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati to‘g‘risida”gi 2022-yil 30-avgustda imzolangan shartnoma doirasida “UNG training” MCHJ tomonidan “O‘zbekneftgaz”AJ tasarrufidagi neft bazalarning 12 nafar laborant xodimlari Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti “Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi laboratoriyasida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Kimyoviy tahlil metodlari” malaka oshirish kursi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar bo'lib o'tmoqda.