Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbek ayolining aqlu zakosi – ilm, ta’lim va innovatsiya sari! 2025-yil 11-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ta’lim, ilm va innovatsiyaga bag‘ishlangan – O‘zbek ayolining aqlu zakosi” nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek ayolining aqlu zakosi – ilm, ta’lim va innovatsiya sari! 

2025-yil 11-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ta’lim, ilm va innovatsiyaga bag‘ishlangan – O‘zbek ayolining aqlu zakosi” nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmatova Mukarram Axmedovna, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi, Abduraxmanova Sanobar Maxammadaminovna, Akademik faoliyat bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Xalqaro aloqalar va transformatsiya bo‘yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullayevna, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin qizlar kengashi raisi Aripova Gulnora Shuxratullaevna, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida tashrif buyurgan mehmonlar institutimiz olimalari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib Mazkur tadbirning maqsadi ayollar va qizlarning ta’lim, fan, innovatsiya sohalaridagi o‘rni va hissasini e’tirof etish, yosh avlod qizlarini ilm va ma’rifat sari ilhomlantirish, ularning yetakchilik salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iboratligini ta'kidlab o'tdi.

Shundan so'ng O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmatova Mukarram Axmedovna so'zga chiqib mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va ma’naviy faolligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Abduraxmanova Sanobar Maxammadaminovna so‘zga chiqib, ayollarning ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi faolligini oshirish, yosh qizlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashga undash, shuningdek, o‘z salohiyatiga ishonch bilan intilish muhimligini ta’kidladi.

 Tadbir davomida kimyo sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olima ayollar faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar va taqdimotlar namoyish etildi. Unda ayollarning kimyo va texnologiya yo‘nalishidagi yutuqlari, ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, yaratilgan innovatsion ishlanmalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, yosh qizlarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish, ularni olimalarning muvaffaqiyatli tajribasi asosida ilm va innovatsiya sari yo‘naltirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.

 Tadbirning badiiy qismi davomida buyuk yozuvchi Oybek uy-muzeyiga tashrif jarayonini aks ettiruvchi videorolik hamda “Oybegim mening” asaridan olingan sahna lavhalari namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi sahna ko‘rinishlari Oybek va Zarifa Saidnosirovalarning o‘zaro hurmati, hayotiy sadoqati hamda insoniy fazilatlarini yuksak mahorat bilan ifodalab berdi. 

Ushbu lahzalar zalda chuqur sokinlik, hayajon va ilhom muhitini uyg‘otdi.

 Tadbir yakunida ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida faol ishtirok etayotgan eng faol olimalar hamda iqtidorli talaba qizlar O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Ahmedovna Nurmatova tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.