Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zekspomarkazida 16-17-18-aprel kunlari xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

O‘zekspomarkazida 16-17-18-aprel kunlari xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxona va sanoat tarmoqlari bilan ishlash departamenti xodimlari hamda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti talabalari birgalikda O‘zekspomarkazida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi. 

Bank & Business va UzCharmExpo mavzularida bo‘lib o‘tgan Ko‘rgazmalar O‘zekspomarkazining 1-3 pavilyonlarida tashkil qilindi. Bir qancha xorijiy va mahalliy korxonalarning o‘z maxsulotlari hamda xizmat ko‘rsatish sohalarining taqdimoti ko‘rgazma ishtirokchilari tarafidan juda katta qiziqish bilan qabul qilindi. Forum tashkilotchilari tomonidan turli xil konkurs va qiziqarli loyihalar tashkil qilinganligi ko‘rgazmaning yanada qiziqarli va yuksak kayfiyatda o‘tishiga xizmat qildi.