Joriy yilning 1-4 aprel sanalarida “Oʻzekspomarkaz” MKK AJda UzMetalMashExpo-2025 Metallurgiya, metallga ishlov berish va payvandlash uskunalari yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.
Ushbu ko‘rgazmada 15 mamlakatdan jumladan, dunyoning rivojlangan mamlakatlari Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Eron, Xitoy va boshqa davlatlar 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishdi. Bu ko’rgazmadan asosiy maqsad yurtimiz rivoji uchun mashinasozlik sanoati uchun yetakchi korxona va investerlarni jalb qilishdir. Mazkur ko’rgazmaga “Muhandislik asoslari va mexanika” kafedrasi professor-o’qituvchilari dotsent M.N.To’xtasheva, dotsent I.S.Saidnazarova, stajyor o’qituvchilar M.O'.Hakimova tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad jahonning yetakchi yirik korxona va tashkilotlarning yangiliklari va yutuqlari bilan yaqindan taniishish, o’quv jarayonida yangi texnologiyalar haqida ma’lumot berish, hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar uchun qo’shimcha manba sifatida foydalanishdir. Ko’rgazmada ishlab chiqarish sanoatidan tashqari aynan mashinasoslik sohasiga oid kitoblar bilan ishtirok etayotgan Rossiydan tashrif buyurgan mutaxassislar orqali adabiyotlar majmui bilan o’rtoqlashishdi
Joriy yilning 1-4 aprel sanalarida “Oʻzekspomarkaz” MKK AJda UzFood- oziq-ovqat, ingredientlar, qadoqlash va ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.
Mazkur ko’rgazmaga “Muhandislik asoslari va mexanika” kafedrasi v.v.b. mudiri M.Yu.Raximov, kafedra professor-o’qituvchilari dotsent M.N.To’xtasheva, dotsent I.S.Saidnazarova, stajyor o’qituvchilar M.O'.Hakimovalar ishtirok etishdi.
Ushbu ko‘rgazmaga milliy va jahon oziq-ovqat bozorini ifodalovchi oziq-ovqat sanoatining yetachki ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va distribyutorlari tashrif buyurgan. Oziq ovqat sanoati uchun xos bo’lgan kompaniyalar, importchilar va distribyutorlarning top-menejerlari tashrif buyurgan. Ko’rgazma vaqtida turli xil oziq-ovqat va jihozlar bilan tanishish, shuningdek, hamkorlarini topish imkoniyati berdi. Yetakchi rivojlangan korxona va tashkilotlarning loyihalari va ko’rgazmalari bilan yaqindan taniishish, ta’limda talabalarga yangi texnologiyalar haqida ma’lumot berish uchun vakillar bilan fikrlar almashinish, hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar uchun qo’shimcha manba sifatida foydalanishdir.
Ko’rgazmada ishtirok etayotgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan tashkillashtirilgan seminar va treninglar orqali sohaga aloqador tajribalarga ega bo’lishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish vakillari bilan institutimizning oziq-ovqat sanoatiga oid shu jumladan sanoat mashina va jihozlariga aloqador ishlanmalar, korxonalar bilan hamkorlik qilish, uchrashuvlar tashkil qilish haqida kelishib olindi.