Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Kelajak soati” doirasida “Millat qo‘shig‘i” mavzusida Ma’rifat darsi o‘tkazildi
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida “Millat qo‘shig‘i” mavzusida navbatdagi Ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi, mashg‘ulotni fakultet dekani A.M.Normatov olib bordi.
Uchrashuv madhiyalar haqida umumiy tushunchalar bilan boshlab, madhiyaning mazmuni, davlat ramzi sifatidagi o‘rni va tarixiy shakllanish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng diqqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga qaratilib, undagi g‘oyalar, satrlardagi ma’no va xalqimizning ezgu intilishlari haqida kengroq tushuntirishlar berildi.
Talabalar madhiyaning ruhiy ta’siri, undagi chaqiriqlarni hayotda qanday namoyon etish zarurligi borasida fikr almashdilar, dars davomida yoshlar milliy o‘zlik, vatanparvarlik, mas’uliyat va birlik kabi tushunchalarni muhokama qildilar.
Savol-javoblar jarayonida madhiyaning ma’naviy-ta’limiy ahamiyati yanada chuqur ochib berildi.
Uchrashuv talabalarda davlat ramzlariga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlab, ularning ma’naviy dünyosini boyitishga xizmat qildi.