Ijtimoiy tarmoqlar

Oziq-ovqat fanlari va Foodomics bo‘yicha Birinchi Ipak yo‘li xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani boshlandi

Oziq-ovqat fanlari va Foodomics bo‘yicha Birinchi Ipak yo‘li xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani boshlandi

Bugun Erasmus+ dasturining “ECAMPUZ – European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology (ERASMUS-EDU-2022-CBHE)” loyihasi doirasida Oziq-ovqat fanlari va Foodomicsyo‘nalishiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o‘z ishini boshladi.

Anjumanda oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar, innovatsion yechimlar va xalqaro tajriba almashuvi masalalari muhokama qilinmoqda.

Yevropa Ittifoqi, ECAMPUZ loyihasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjuman O‘zbekiston olimlari uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi ham mazkur nufuzli tadbirda faol ishtirok etib, o‘z ilmiy ishlanmalari va tajribalarini taqdim etdi.