“O‘zsanoatqurilishbanki"da qurilish materiallari yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari olimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich, Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi mudiri Aripova Mastura Xikmatovna va kafedraning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.