Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasiga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda islom taraqqiyot banki tomonidan go'sth va sut mahsulotlarini qayta ishlashga mo'ljallangan laboratoriya jihozlari taqdim etildi.
Kuni kecha Promeat korxonasidan mutaxassislar Doniyor Yo'ldoshev, Sanjar Naimov va Dilmurod Boltaboyevlar tashrif buyurib ushbu jihozlardan foydalanish bo'yicha professor-o'qituvchilar hamda talabalarga master-klass o'tib berdilar.
Ushbu laboratoriya jihozlari kafedraning 309-xonasiga joylashtirilgan bo'lib, talabalarimiz mutaxassislar ko'magida ushbu jihozlardan foydalanib ilk laboratoriya va amaliy tajribalarni o'tkazmoqdalar.
Ayni paytda ushbu laboratoriyada ECAMPUZ loyihasi doirasida xorijiy professor-o'qituvchilar tomonidan master-klasslar o'tkazilmoqda.