Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Kelajak soati” doirasida “Millat qo‘shig‘i” mavzusida navbatdagi Ma’rifat darsi o‘tkazildi
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Kelajak soati” rukni doirasida “Millat qo‘shig‘i” mavzusidagi navbatdagi Ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi, mashg‘ulotni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Sh.Poyanov olib bordi.
Dars umumiy tushunchalardan boshlab, ishtirokchilarga madhiyaning mazmuni, davlat ramzi sifatidagi o‘rni hamda turli davrlarda shakllangan rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar berildi.
Talabalar uchun mavzuga doir videolavhalar namoyish etilib, dunyo mamlakatlari madhiyalari misolida kengroq tasavvur hosil qilindi.
Shundan so‘ng e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga qaratilib, uning g‘oyalari, satrlaridagi ruh va yoshlar uchun undagi chaqiriqlar haqida batafsil izohlar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlar davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va mas’uliyat masalalarini muhokama qildilar.
Darsning mazmunli tashkil etilgani, ayniqsa videomateriallar orqali mavzuning yanada jonli yoritilgani talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.