Ijtimoiy tarmoqlar

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida DAK yig‘ilishlari boshlandi

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida DAK yig‘ilishlari boshlandi

2025-yil 16-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Biotexnologiya kafedrasida 60710500 – "Bioenergetika" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari uchun Davlat attestatsiya komissiyasining (DAK) yig‘ilishi boshlandi.

Tadbir fakultet dekani A.M.Normatovning ochilish nutqi bilan boshlandi. Undan so‘ng Biotexnologiya kafedrasi mudiri G‘.A. Nazarov so‘z olib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni "Uz biogaz" korxonasi rahbari, DAK raisi Temurov Alijon boshchiligida tashkil etildi.

Talabalar o‘z ilmiy ishlari yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyish etdilar. Savol-javoblar chog‘ida ular o‘z ta'lim yo'nalishi bo‘yicha yetarli bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega ekanliklarini ko‘rsatib berishdi. Har bir bitiruv ishi komissiya a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholandi.