Ijtimoiy tarmoqlar

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida DAK yig‘ilishlari davom etmoqda.

 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida DAK yig‘ilishlari davom etmoqda.

Oliy taʻlim muassasalarida yakuniy davlat attestasiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 472- sonli buyrugʻi ijrosini taʻminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi “Oliy va kasbiy taʻlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Nizom” talablariga muvofiq oʻtkazish maqsadida, 2025-yil 17-18-iyun kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasida 60720100 - "Oziq-ovqat texnologiyasi" (yog'-moy mahsulotlari" hamda, 60720200 - Yog'lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari uchun Davlat attestatsiya komissiyasining (DAK) yig‘ilishi bolib o'tdi.

Tadbirni Akademik faoliyat bo'yicha prorektor prof. Safarov Toyir Tursunovichning ochilish nutqi bilan boshlandi. Undan so‘ng fakultet dekani A.M.Normatovso‘z olib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni DAK raisi “O’zyog’moysanoat” uyushmasining bo’lim boshlig’i Ahmadjonov Abduvohid Abdug’aniyevich,  "Sardoba Agro Holding"" MCH J, sex boshlig’i boshchiligida tashkil etildi.

Talabalar o‘z ilmiy ishlari yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyish etdilar. Savol-javoblar chog‘ida ular o‘z ta'lim yo'nalishi bo‘yicha yetarli bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega ekanliklarini ko‘rsatib berishdi. Har bir bitiruv ishi komissiya a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholandi.