Ijtimoiy tarmoqlar

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetidan xalqaro ilmiy hamkorlik!

 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetidan xalqaro ilmiy hamkorlik!

Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi DSc 1-bosqich doktoranti Raximov Dilshod Po’latovich Xitoy Xalq Respublikasining CSC (China Scholarship Council) xalqaro granti doirasida JIANGNAN UNIVERSITYning Food Science and Engineering laboratoriyasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Doktorantimizning tadqiqot yo‘nalishi yog‘larning pereetirifikatsiyasi jarayonlarini optimallashtirish, modifikatsiyalangan yog‘ asosidagi funktsional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish hamda ularning fizik-kimyoviy va reologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu ilmiy ish zamonaviy oziq-ovqat texnologiyalarida sog‘lom yog‘ komponentlarini ishlab chiqish, ularning tuzilma va funksional xususiyatlarini yaxshilash orqali innovatsion mahsulotlar yaratishga xizmat qiladi.

Mazkur ilmiy faoliyat nafaqat doktorantimizning individual salohiyatini yuksaltiradi, balki Toshkent kimyo-texnologiya instituti va JIANGNAN UNIVERSITY o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.