2025-yilning 7-mart sanasida O'zbek Milliy Akademik drama teatrida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati tashabbusi bilan "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan "Ayolni e’zozlash ezgulik va adolat mezoni" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati, ayol professor-o'qituvchilari, xodimalari hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Tadbirni institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib, barcha xotin-qizlarni "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida bir guruh ayol professor-o'qituvchilar hamda xodimlar institut rektori tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbirida Ko'p yillik samarali mehnati, kcuh g'ayrati va iste'dodini namoyon etib, talaba-yoshlarga ta'lim-tarbiya berib, ularni vatanparvarlik ruhia tarbiyalashda sidqidildan qilgan xizmatlari, vatanimizning gullab yashnashida munosib hissa qo'shib kelayotganligi hamda "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan institutimizning bir qator professor-o'qituvchilari hamda xodimalari institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich tomonidan tantanali ravishda faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida O'zbekiston xalq shoiri Bobir Bobomurod, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Xamid Toshpo'latov, aktyor Mirolim Qilichev, Shaxnoza Tojimurodova va boshqa san'atkorlar so'zga chiqib barcha ayol professor-o'qituvchilar, xodimalar hamda xotin-qizlarimizni 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomida O'zbek Milliy Akademik drama teatri jamoasi tomonidan "Andishali kelinchak" spektakli namoyish etildi.