Ijtimoiy tarmoqlar

"O‘zsuvta’minot" AJ xodimlarining 3-guruhi uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

"O‘zsuvta’minot" AJ xodimlarining 3-guruhi uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 343-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimida kimyo-bakteriologik tahlil laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish” mavzusida o‘quv kurslari boshlandi.

2025-yil uchun 3-guruh tinglovchilariga tashkil etilgan mazkur kurslarning ochilish marosimida Toshkent kimyo-texnologiya instituti iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich so‘zga chiqdi. Shuningdek, tadbirda "O‘zsuvta’minot" AJ boshqarma boshlig‘i Qudratov Furqat Alisherovich, Sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok etdilar.

O‘quv kurslarida institutning "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi hamda boshqa tegishli kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan "O‘zsuvta’minot" AJ tizimidagi xodimlar uchun maxsus dars mashg‘ulotlari olib boriladi.