“Paxtadan sellyuloza olish usullari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
2025-yil 11-noyabr kuni Neft va gaz texnologiyalari fakultetida PhD, katta o‘qituvchi D.Sh.Xamdamova tomonidan “Tarkibida sellyuloza saqlovchi xom-ashyolarni qayta ishlash texnologiyasi” fanidan “Paxtadan sellyuloza olish usullari” mavzusida interfaol metodlar asosida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars jarayonida zamonaviy o‘quv texnologiyalari, elektron proektor, ko‘rgazmali plakatlar hamda “Veen diagrammasi”, “Klaster”, “Sinkveyn” o‘qitish usullari samarali qo‘llanildi.
Talabalarning faol ishtiroki ta’minlanib, nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Ekspertlar tomonidan PhD D.Sh.Xamdamovaning yuksak pedagogik mahorati, mavzuni izchil va tushunarli bayon etish qobiliyati, talabalarga individual yondashuvi hamda interfaol metodlardan samarali foydalanishi yuqori baholandi.
Ochiq darsda “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri prof.A.Sh.Xusenov, kafedra professori M.K.Abdumavlyanova, hamda “Neft va gaz texnologiyasi” kafedrasi professorlari T.B.To‘rayev va E.Saidaxmedovishtirok etdilar.