Joriy yilning 10 may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Texnologik mashina va jixozlar" kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda 3 kurs talabalariga Polshaning AGX Fan va Texnologiya Universiteti “Mashinasozlik va robototexnika” fakulteti professori Michal Bembenek tomonidan "Конструкция машин и оборудования для уплотнения мелкозернистых материалов"mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsida mayda zarrachali materiallarni aglomeratsiya qilishdan maqsadi, aglomeratsiya jarayonlari va qurilmalari xaqida yaqindan tanishtirildi.
Mahorat dars so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va yetarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Professor Michal Bembenekni “Texnologik mashina va jixozlar” kafedrasining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishtirildi xamda kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha xamkorlik aloqalari kelishib olindi.