Polsha Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II FORUMI doirasida Texnologiya, Tabiiy fanlar va Tibbiyot fanlari sohalaridagi universitetlar o’rtasida sessiya o’z ishini boshladi.
Ushbu sessiyada Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich moderatorlik qildi. Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, bugungi forum aynan bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etishdi.
Mazkur sessiya ishida texnologiya, muhandislik, tabiiy fanlar va tibbiyotga qaratilgan quyidagi oltita asosiy yo'nalishlarda paydo globallashuv davrida yuzaga kelayotgan tendentsiyalar, imkoniyatlar, muammolar va ularning yechimlari qamrab olinadi:
Universitet va sanoat hamkorligi
Yashil transformatsiya va barqaror rivojlanish
Rivojlanayotgan texnologiyalar
Tibbiyotda katta ma’lumotlar va raqamlashtirish
Biotibbiyotda innovatsiyalar
Mazkur sessiyada O’zbekiston tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Geologiya fanlari universiteti, Qarshi davlat texnika universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, 21-maktab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kabi ta’lim muassasalari taqdimot bilan ishtirok etmoqdalar.
Bugungi sessiya fikr almashish, tajribalar bilan bo’lishish va Polsha va Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun ulkan ahamiyatga ega. Sessiya davomida barqarorlikdan tortib raqamli innovatsiyalargacha bo'lgan umumiy muammolarni birgalikda hal qilish uchun muzokara maydoni yaratildi.