Joriy yilda, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va akademik litseyi masʼulligida “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 2 bosqichli “ITS-2023” Respublika olimpiadasining 1-bosqichi joriy yilning 1-5 aprel kunlari onlayn shaklda tashkil etilgan edi. 2-bosqichi esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida 2023-yilning 2-5 may kunlari yozma shaklda sinovdan o‘tkaziladi. Natijalar olimpiada tashkil etilgan kuni e’lon qilinadi. Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi