“Oliy ta’lim muassasalarida startaplar faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Biznesni rivojlantirish oliy maktabida “Biznes inkubator va startap loyihalari bilan ishlash markazi” rahbari G‘.Usmonov tashabbusi bilan “Oliy ta’lim muassasalarida startaplar faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarni startap loyihalarga yo‘naltirish, ularni moliyalashtirish masalalari, shuningdek, yoshlarni kichik biznesga jalb qilishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi.
Seminar-treningda 10 dan ortiq xususiy va davlat oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar, bu esa tajriba almashinuvi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.N. Xodjayeva hamda “Kreativ kimyogarlar” klubi rahbari J.I. Xolov faol ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida institut vakillari Biznesni rivojlantirish oliy maktabi huzurida o‘tkaziladigan mentorlar bilan uchrashuv hamda startap tanlovida ishtirok etish uchun maxsus yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.