2024-yilning 21-oktabr kuni o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35-yil bo'ldi. Shu munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talaba-yoshlari adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupovni xotirlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich kirish so'zi bilan ochib berdi.
Institutning iste'dodli talabalari tomonidan o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tarixi haqida ma'lumotlar berildi, she'rlar yod olindi, hamda Ibroyim Yusupov qalamiga mansub she'rlar tadbir qatnashchilariga o'qib eshittirildi.
Tadbir davomida Adiblar xiyoboniga sayr uchun tashrif buyurgan "Jajji yulduzlar" nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining nigohi Ibroyim Yusupov haykali poyda kuy-qo'shiqlar va she'rlar kuylayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalariga tushib, ularning ham ma'naviy-ma'rifiy tadbirga o'zchaga fayz ulashgisi kelib, o'zlarining qiziqarli raqslari va she'rlari bilan ishtirok etdilar.