Ushbu kurslarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarga onlayn shaklda 6 soatlik ma'ruza dars mashg'ulotini olib bordi.
Malaka oshirish kurslarining navbatdagi darslarida:
2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar;
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni samarali tashkil etish;
talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va rejalashtirish;
talabalarni tanlovlar va to‘garaklar faoliyatiga jalb qilish;
149-sonli qarorda belgilangan vazifalar talabalarning ijtimoiy faolligini baholash bo'yicha tavsiyalar;
globallashuv jarayonida axborot xurujlariga qarshi kurash va ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta'minlash;
taym-menejment asoslari;
B.N.Boborajabov tomonidan masofaviy tarzda ZOOM platformasi orqali zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarni taqdim etdi. Ushbu kurslar tyutorlarning kasbiy malakasini oshirish, ta’lim va tarbiyaning uyg'unligi hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.