10-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.
Ushbu forumda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi raisi Aripova Gulnora Shuhratillayevna va "Qizlarjon" klubi a'zolari ham faol ishtirok etishdi.
Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.