Ijtimoiy tarmoqlar

Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etildi

2025-yil 11-yanvar kuni Toshkent kimyo texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejment fakulteti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasida xalqaro "Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni" munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.  

Tadbirda “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi mudiri F.B.Igitov, kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilarga qo‘riqxona va milliy bog‘larning tabiatni asrashdagi o‘rni, ularni himoya qilish muhimligi hamda atrof-muhitga bo‘lgan javobgarlik borasida keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘z taqdimotlari orqali ekologik muhofaza, iqlim o‘zgarishi va milliy bog‘lar mavzularida fikr-mulohazalarini bildirishdi.  

Mazkur tadbir yoshlarni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qildi. Ushbu tashabbuslar nafaqat ekologik muhofaza masalalariga e’tiborni kuchaytiradi, balki yosh avlodning tabiatga bo‘lgan e’tiborini oshirishga ham ulkan hissa qo‘shadi.