Ijtimoiy tarmoqlar

Qoʻshma taʼlim dasturlari: Ilm, madaniyat va doʻstlik uygʻunligi!

Qoʻshma taʼlim dasturlari: Ilm, madaniyat va doʻstlik uygʻunligi!

Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida joylashgan Belarus davlat texnologiya universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti oʻrtasidagi hamkorlikda tashkil etilgan Qoʻshma taʼlim dasturlarining 5-kurs talabalari oʻzlarining yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishdi! 

Mazkur dastur doirasida tahsil olayotgan talabalarimiz yillar davomida olgan bilimlarini amaliy va nazariy jihatdan namoyon etib, yuqori natijalar bilan davlat imtihonlarini yakunlashdi. Bu nafaqat ularning shaxsiy yutugʻi, balki ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik natijasidir.

Imtihonlardan so‘ng, Qoraqalpogʻistonlik talabalarimiz oʻzlarining milliy qadriyatlari, urf-odatlari, va boy madaniy meroslari haqida professor-oʻqituvchilarga hikoya qilib, ularni oʻziga xos “Shoponni shekpen” nomli qoraqalpoq milliy libosini sovg'a qilishdi. Ushbu esdalik sovg‘alar o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi va madaniyatlararo aloqalarning qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. 

Bu tashabbus ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hurmat ramziga aylandi. Talabalarimiz nafaqat bilim olishda, balki Vatanimiz madaniy boyliklarini xorijda munosib tarzda targ‘ib etishda ham faol ishtirok etishmoqda.

Barcha bitiruvchi talabalarimizni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Ularga kelgusi hayotlarida va kasbiy faoliyatlarida zafar va yutuqlar tilaymiz!