2024-yilning 21-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Qo'shma ta'lim dasturlari doirasida bakalavr 2+2, 4+1 va magistratura 1+1 bosqichini tamomlagan talabalarga tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullayevna, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo'lim boshlig'i Aziz Uzakov, o'rinbosari Razakova Laylo Sayfievna, professor-o'qituvchilar va bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Marosim boshida institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich bitiruvchilarga bundan keyingi o'qishlarida va ishlarida omad tilab, yetuk kadr bo'lib yetishishlarini oldilariga maqsad qilib qo'yishlari kerakligini ta'kidladilar.
Shundan so'ng bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.