Qo'shma ta'lim dasturlari doirasida tahsil olgan bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
2025-yilning 28-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Qo'shma ta'lim dasturlari doirasida bakalavr bosqichini tamomlagan talabalarga tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori vazifasini bajaruvchi Shernayev Anvar Normamatovich, Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi boshlig'i Nasiba Xakimova va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.
Marosim boshida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich bitiruvchilarga bundan keyingi o'qishlarida va ishlarida omad tilab, yetuk kadr bo'lib yetishishlarini oldilariga maqsad qilib qo'yishlari kerakligini ta'kidladilar.
Shundan so'ng bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Qo'shma ta'lim dasturlari doirasida tahsil olgan bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimidan lavhalar.
Barcha rasmlarni yuklab olish 👉 https://t.me/Yoshlar_rasmlari
Tadbir so'ngida tashrif buyurgan ota-onalar, bitiruvchilar hamda ustozlar o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ilq tilaklarini izhor etdilar va kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladilar.
Barcha rasmlarni yuklab olish 👉 https://t.me/Yoshlar_rasmlari