Ijtimoiy tarmoqlar

Qozog‘istonda tashkil etilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati ” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada «O‘zbek tili va professional ta'lim» kafedrasi dotsenti G.N.Tavaldiyeva qatnashdi

2023-yilning 24-25- fevral kunlari TKTI “O‘zbek tili va professional ta'lim” kafedrasi dotsenti Tavaldiyeva Gulbaxor Nishanovna Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etno-madaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati hamda Jumabek Tashenev nomidagi universitet bilan hamkorlikda Chimkent shahrida atoqli davlat arbobi,mohir sarkarda, buyuk tarixchi olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.



Anjumanning birinchi kunida konferensiyaning ochilish tadbiri bo‘ldi hamda konferensiya yalpi majlisida ma'ruzalar tinglandi. 



Shu kuni anjuman ishtirokchilari Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkori bo‘lgan Jumabek Tashenev universiteti bilan tanishdilar, o‘qish jarayoni haqida ma'lumot oldilar.

G.Tavaldiyeva “Zahiriddin Muhammad Boburning O‘sh shahri bilan bog‘liq tarixi” mavzuida ma'ruza qildi. 



Tashrif davomida G.Tavaldiyeva Jumabek Tashenev nomidagi universiteti va TKTI  o‘rtasida 2022-yil dekabr oyida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida xalqaro aloqalar bo‘limi boshlg'i Sh.J.Naraliyeva bilan suhbatlashdi. 



Konferensiyaning ikkinchi kunida konferensiya delegatsiyasi Chimkent shahrida joylashgan Yusuf Saryomiy nomidagi 107-maktabga tashrif buyurdilar. U yerda Chimkent shahrida joylashgan bir necha o‘rta maktab o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining mahorat darslari kuzatildi.



Shu bilan birga, o‘zbek tilida ta'lim yurituvchi maktablarning Z.Boburga atab tashkil etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirida ishtirok etildi.