Ijtimoiy tarmoqlar

Qozog‘iston texnologiya va biznes universiteti magistratura talabalari uchun ilmiy stajirovka boshlandi

Qozog‘iston texnologiya va biznes universiteti magistratura talabalari uchun ilmiy stajirovka boshlandi

2025-yil 1-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga K.Kulajanova nomidagi Qozog‘iston texnologiya va biznes universiteti “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi” hamda “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedralarining magistratura talabalari ilmiy stajirovka o‘tash maqsadida tashrif buyurdi. Stajirovka doirasida ilmiy, amaliy va nazariy mashg‘ulotlar rejalashtirilgan.

Dastlabki kunda talabalar institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda institut haqida ma'lumot, institutning tarixi, ta'lim xizmatlari, laboratoriyalar hamda zamonaviy uskunalar bilan yaqindan tanishdilar.