Ijtimoiy tarmoqlar

Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasi davolanuvchilariga bayram sovg'alari tarqatildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida ma'naviy - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarni yuksak ma'naviyatli shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan ishlar natijadorligini oshirish maqsadida Yangi yil bayrami munosabati bilan beg'ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida bemor bolalar uchun qorbobo va qorqiz ishtirokida bayram sovg'alari tarqatildi.

Kutilmagan bayram tashrifi bolajonlar uchun bir olam quvonch hadya etdi. Ko‘zmunchoq bolajonlar bayramga atalgan she'rlarini to‘lqinlanib aytib berishdi. Bolajonlarning orzulari, kelajakdagi maqsadlari ezgu niyatlariga quloq tutib, qalblar larzaga keldi. Hayot nashidasini, umr qadrini, sog‘lik ne'mati va unga shukronalik tuyg‘ularini mana shu bolakaylar ham his qilib ulgurgan. Qorbobodan bayramga dardlariga darmon tilagan murg‘ak qalblar hech kimsa xasta bo‘lmasligini so‘rashdi. Ularning orasida kelajakda uchuvchi, harbiy, shifokor, san'atkor, o'qituvchi bo‘lishni orzu qilganlar talaygina.

Bu xayrli tashabbus bemor bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, ko‘tarinki bayram kayfiyati ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Kichik e'tibordan boshi ko'kka yetgan bolajonlarning onalari va shifoxona xodimlari institut rahbariyatiga hamda ushbu tadbirga xayrixoh bo'lgan barchaga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.