Ijtimoiy tarmoqlar

Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi-2025" bo'lib o'tdi.

 Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi-2025" bo'lib o'tdi.

2025-yilning 24-may kuni "Talabalar festivali" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun ajoyib bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Bellashuvda poytaxtning eng iqtidorli talaba-jamoalari qatnashdi:

O‘zbekiston Milliy universiteti — "Shovvozlar"

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — "Miks"

Toshkent davlat texnika universiteti — "Liderlar"

Alfraganus universiteti — "Shum bolalar"

va albatta, Toshkent kimyo-texnologiya instituti — "ATOM"!

Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi-2025"da Toshkent kimyo-texnologiya instituti 3 shart bo'yicha 4ta jamoa bilan o'zaro bellashdi.

Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi-2025" bellashuvida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "ATOM" jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, Toshkent shahar hokimligining esdalik sovg'alari sohibi bo'ldilar.