Ijtimoiy tarmoqlar

"Rektor kubogi" uchun qizlar jamoalari o‘rtasida voleybol bahslari bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar ligasi – 2024" sport musobaqalari doirasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan "Rektor kubogi" uchun musobaqalar bo'lib o'tmoqda.

10-dekabr kuni institut fakultetlari o‘rtasida shiddatli sport bahslari davom etdi. Ushbu kun qizlar jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar bilan yodda qoldi. “Rektor kubogi” doirasida tashkil etilgan turnir nafaqat sport mahoratini sinovdan o‘tkazdi, balki talabalar o‘rtasida birdamlik va musobaqa ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Hayajonli o‘yinlar davomida jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas daqiqalarni taqdim etdilar.

Kuchli bahslar natijasida bu yilgi “Rektor kubogi” g‘oliblari va sovrindorlari quyidagicha aniqlandi:  

- 1-o‘rin: KIF qizlar jamoasi  

- 2-o‘rin: SMMF qizlar jamoasi  

- 3-o‘rin: NGTF qizlar jamoasi  

- 4-o‘rin: OOVTF qizlar jamoasi  

G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ularning intilishlari va yuqori sport mahorati barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga katta ilhom bag‘ishladi.  

Sport musobaqalari hali davom etmoqda. Kelgusi bahslarda har bir talaba o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlab, sport maydonlaridagi hayajonli lahzalarni birgalikda his qilishi mumkin. Ushbu musobaqalar institutimiz sport hayotining ajralmas qismi sifatida talabalarning jismoniy va ruhiy salohiyatini yuksaltirishda davom etadi.