Ijtimoiy tarmoqlar

Rektor B.Sh. Usmonov Talabalar turar joyida xonama-xona yurib, yashash sharoitlarini o‘rgandi

 Rektor B.Sh. Usmonov Talabalar turar joyida xonama-xona yurib, yashash sharoitlarini o‘rgandi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich Talabalar turar joyiga navbatdagi amaliy tashrifi davomida talabalar yashayotgan xonalarni xonama-xona aylanib, sharoitlarni o‘rgandi. Tashrif jarayonida u sanitariya-gigiyena, xavfsizlik, isitish tizimi, internet sifati, maishiy sharoitlar va umumiy tartib bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Har bir qavatda talabalar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazilib, ularning amaliy ehtiyojlari, takliflari va mavjud muammolar joyida tinglandi. Rektor tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Tashrif davomida rektor o‘z murojaatidagi ogohlik, mas’uliyat va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha chaqiriqlarni yana bir bor eslatib o‘tdi:

“Farzandlarimizni har qanday xavf-xatardan asrash – hammamizning burchimiz. TTJda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash doimiy nazoratimizda bo‘ladi.”

Ushbu tashrif TTJdagi sharoitlarni yaxshilash, talabalarning kunlik hayotini yanada qulay qilish hamda ehtiyojlarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida amalga oshirildi.