Ijtimoiy tarmoqlar

Respublikamizda silikat materiallar kimyosi va texnologiyasi sohasida yetakchi olim, kimyo fanlari doktori, professor Ismatov Abdulla Ahmedovich xotirasi yod etildi.

2025-yilning 11-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Respublikamizda silikat materiallar kimyosi va texnologiyasi sohasida yetakchi olim, kimyo fanlari doktori, professor Ismatov Abdulla Ahmedovich xotirasi yod etilib, ehson dasturxoni yozildi. Unda Abdulla Ahmedovichning yaqinlari, shogirdlari, olimlar, institut rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Abdulla Ahmedovich 1991-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, «Keramika va shishalar texnologiyasi» kafedrasi mudiri lavozimlarida samarali ishlagan. U ko‘p marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Faxriy yorliqlari», «Ishdagi a’lo yutuqlari uchun» (1988-yil) va «Oliy ta’lim a’lochisi» (2000-yil) ko‘krak nishonlari bilan mukofotlangan. U xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining bronza (1984-yil) va kumush (1988-yil) medallari sohibi, 1999-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.