Ijtimoiy tarmoqlar

Rossiya kimyo-texnologiya Universiteti “Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari” kafedrasi mudiri, t.f.d. professor Ravichev Leonid Vladimirovich tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi o’tildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy davlatlarda ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, bugungi kun talabalarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli o‘quv-kurslari, konferensiya va seminarlarda ishtirokini ta’minlash, ta’lim jarayoniga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Davlatimiz rahbari tomonida belgilangan vazifalarni xamda institutning 2024-yil 23-sentyabrdagi 331-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlan maqsadida joriy yilning 26-28 sentyabr kunlari Texnologik mashina va jixozlar kafedrasi professor o‘qituvchilari xam 3 kurs B21-02TM1(KS), B21-02TM2(KS), B21-02TM4(KS) gurux talabalariga Rossiya kimyo-texnologiya Universiteti “Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari” kafedrasi mudiri, t.f.d, professor Ravichev Leonid Vladimirovich tomonidan 12 soatga mo‘ljallangan “Kimyo sanoati mashina va jihozlari” fanidan “Rektifikatsiya va absorbsiya jarayonlari va qurilmalari. Kolonnali qurilmalar. Nasadkalar turlari” mavzusida maxorat darsi o‘tkazildi.

Maxorat darsida talabalarga rektifikatsiya va absorbsiya jarayonlari va qurilmalarini ishlash prinsipi, konstruksiyasi, nasadkalarning turlari, tarelkali nasadkalarda gaz va suyuqliklarni harakatlanishi, bir fazadan ikkinchisiga massa o‘tishi, suyuqlik, gaz (yoki bug‘) ni bir-biri bilan to‘qnashishi zarur bo‘lgan hollarda barbotaj qo‘llanilishi xaqida yaqindan tanishtirildi. 

Mahorat dars so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Professor Ravichev Leonid Vladimirovich “Texnologik mashina va jixozlar” kafedrasining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishtirildi hamda kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha xamkorlik aloqalari kelishib olindi.