“Yaproqli halqasimon naychali yog‘och turlari” mavzusida ochiq darsi tashkil etildi
Neft va gaz texnologiyalari fakultetida PhD, katta o‘qituvchi A.H. Mardonov tomonidan “Yog‘och turlarini identifikatsiyalash” fanidan “Yaproqli halqasimon naychali yog‘och turlari” mavzusida interfaol metodlar asosida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars jarayonida zamonaviy o‘quv texnologiyalari, elektron proektor, ko‘rgazmali plakatlar hamda mikroskopik kuzatuvlar samarali qo‘llanildi, talabalarning faol ishtiroki ta’minlanib, nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Ekspertlar tomonidan PhD A.H.Mardonovning dars o‘tish jarayonidagi yuksak pedagogik mahorati, mavzuni izchil va tushunarli bayon etish qobiliyati, talabalarga individual yondashuvi hamda interfaol metodlardan samarali foydalanishi yuqori baholandi.
Ochiq darsda Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i A.I.Xudoyberdiyeva, Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i R.I.Mirsamikova, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari N.Sh.Zulyarova, “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri Prof. A.Sh.Xusenov, kafedra professori M.T.Primqulov ishtirok etdilar.
Mazkur ochiq dars fakultetda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash va ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘lida samarali tajriba sifatida qayd etildi.