Ijtimoiy tarmoqlar

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida "Ota-onalar" kongresi bo‘lib o‘tdi

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida "Ota-onalar" kongresi bo‘lib o‘tdi

Sanoat muhandisligi va menejment fakultetida talabalar ta’lim-tarbiyasi, ularning kelajak kasbiy rivoji hamda oliy ta’lim muassasasi va oila hamkorligini mustahkamlashga bag‘ishlangan Ota-onalar kongresi yuqori saviyada tashkil etildi. 

Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ota-onalari faol ishtirok etdilar.

Kongres davomida talabalarning o‘quv jarayonidagi yutuqlari, ilmiy va ijtimoiy faolligi, intizomi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ota-onalarga fakultetda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashdagi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. 

Ushbu kongres ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.