Ijtimoiy tarmoqlar

Sanoat muhandisligi va menejmenti” fakultetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Intellektual oʻyin natijalariga koʻra:

1oʻrin “Iqtisodchilar” jamoasi, 

2oʻrin “Milliy goʻzallar” jamoasi, 

3 oʻrin “Bright” jamoasi qoʻlga kiritdi. 

Gʻoliblarga diplom va fakultet kubogi topshirildi.

Ma'lumot uchun: 2024-yilning 2-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 2-davra uchrashuv tashkil etiladi. Ushbu uchrashuvga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov taklif etilgan bo'lib, uchrashuv doirasida talabalar o‘rtasida adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina tashkil etish, “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish, "Fotosessiya", Mushoira va sheriyatxonlik kechalari, talabalar turar joyida adiblar bilan "Gulxan atrofida suhbatlar" va bir qancha turli-tuman tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.