Ijtimoiy tarmoqlar

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-dekabr kuni Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Xolmatov ochib berdi, o‘z nutqida u Konstitutsiyaning davlatimiz taraqqiyotidagi mustahkam huquqiy asosi ekanini, uni chuqur o‘rganish har bir fuqaroning, xususan yoshlarning muhim vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaning ustuvor tamoyillari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati, unda amalga oshirilgan yangilanish va islohotlar mazmuni keng yoritildi.

Ta’kidlash joizki, Konstitutsiya — bu shunchaki qonunlar to‘plami emas, balki xalqimizning roziligi, birdamligi va kelajakka ishonchini ifoda etuvchi tamal toshidir.

Shuningdek, ishtirokchilarga Konstitutsiya qabul qilingan kunning tarixiy ahamiyati, mustaqil davlat barpo etishdagi asosiy huquqiy poydevor sifatidagi o‘rni hamda yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirishdagi roli haqida ma’lumotlar berildi.