2025-yil 3-may kuni Sanoat va xizmat koʻrsatish instituti prorektorlari va Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegasiya hamkorlikda ochilishi rejalashtirilayotgan filialda oʻqitiladigan oʻquv dasturlari muhokama qilindi.
Sanoat va xizmat kursatish institutining 1-3 kurs talabalariga takdimotlar tashkil etildi va TKTI Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, uning kafedralari va ta'lim yunalishlari hakida batafsil ma'lumotlar berildi. Talabalarga akademik mobillik, bakalavr ta'lim yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
Olib borilgan muzokaralar va muhokamalardan soʻng TKTI va Sanoat va xizmat koʻrsatish instituti rahbarlariyati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik hamda TKTI filialini tashkil etish shartnomalarini imzolash marosimi oʻtkazildi
Sanoat va xizmat kursatish institutining rahbariyati Ilmiy-ishlar va innovasiyalar buyicha prorektor v.v.b. A.N. Shernaevga mazkur unvon ikki davlat tarkibida faoliyat olib borayotgan insttitutlarni ilm-fan, ta’lim va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi evaziga faxriy professorlik ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.
2025 yil 2-3 may kunlari Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati Xujand shahridagi Sanoat va xizmat koʻrsatish institutiga tashkil etilgan delegasiya tashirifi natijasida quyidagi natijalarga erishildi:
Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati Xoʻjand shahridagi Sanoat va xizmat koʻrsatish institutida TKTI Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetining filialini ochish boʻyicha shartnoma rasmiylashtirildi.
Filialda 60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) va 60810700-Qishlok xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi bakalavr ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha qabul tashkil etishga kelishildi.
Filial talabalarining oʻqishlari TKTI tomonidan tasdiqlangan amaldagi oʻquv rejalari asosida olib boriladi. Oʻquv rejalariga oʻzgartirishlar kiritilmaydi.
Filial uchun 1 ta 60 kishilik ma'ruza xonasi, 1 ta amaliy mashg'ulot xonasi, 1 ta laboratoriya xonasi va 1 ta professor-oʻqituvchilar xonasi ajratish rejalashtirildi. Filial talabalarini oʻqitishda Sanoat va xizmat koʻrsatish institutining barcha oʻquv va laboratoriya xonalaridan hamkorlikda foydalanish.
Sanoat va xizmat koʻrsatish instituti uchun TKTI ba'zasida doktorantlar tayyorlash va professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish.
Biotexnologiya ta'lim yo'nalishi ushbu oʻquv dargohida mavjudligi uchun talabalar uchun akademik mobillikni tashkil etish. Shuningdek TKTI professor-oʻqituvchilarini Sanoat va xizmat koʻrsatish instituti talabalariga dars oʻtishini tashkil etish.
TKTI va Sanoat va xizmat kursatish institutining professor-oʻqituvchilar tomonidan hamkorlikda maqolalar, adabiyotlar va ilmiy loyihalar tayyorlash, Tojikistondagi ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy va texnik mammolari asosida xoʻjalik shartnomalarini bajarishga kelishildi.