Ijtimoiy tarmoqlar

“Sayg‘oqlar xalqaro kuni” munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Sayg‘oqni asraylik” tadbiri bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo`nalishi talabalari bilan tabiat qo‘ynida “Sayg`oqlar xalqaro kuni” ga bag‘ishlangan davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida talabalarga hayvonlar va o`simliklar dunyosini muhofaza qilish, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurashish, noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon va o‘simliklar dunyosi, jarohatlangan yoki o‘z muhitidan ayrilgan hayvonlarni davolash va tabiatga qaytarish, noyob hayvonlarni noqonuniy ovlash va hayvonlar savdosiga qarshi kurashish, maxsus muhofaza etiladigan hududlarda biologik xilma-xillik monitoringi haqida ma‘lumot berildi. 

Sayg`oq kabi noyob hayvonlarni asrash, ularning yashash muhitini muhofaza qilish va tabiiy muvozanatni saqlab qolish uchun har bir inson mas’ul. Bunday kamyob turlarni saqlab qolish orqali biz kelajak avlodlarga boy va sog‘lom ekotizimni meros qoldirishimiz alohida ta‘kidlandi. Tadbir so`nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.