Ijtimoiy tarmoqlar

“Scopus va Web of Science’da maqolalar chop etish” mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tdi.

2025-yil 28-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida xorijiy professor-o'qituvchilarimizdan biri, dotsent Narges Samanianning “Scopus va Web of Science’da maqolalar chop etish” mavzusidagi seminar-treningi bo'lib o'tdi.

Unda Respublikamizning ko'plab oliygohlaridan doktorantlar, talabalar, magistrantlar va professor-o'qituvchilar onlayn/offlayn tarzda ishtirok etdilar.

Seminarda quyidagilar muhokama qilindi:

-Xalqaro ilmiy jurnallarda muvaffaqiyatli nashr etish strategiyalari;

-Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalari bilan ishlash bo‘yicha tajribalar;

-Jurnallarni tanlash mezonlari va asosiy ko‘rsatkichlar;

-Tadqiqot natijalarining ko‘rinishi va nashr imkoniyatlarini oshirish yo‘llari.