Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetida poytaxt bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv va bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnalogiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov Karyera markazi boshlig‘i A.M.Mirkomilov hamda fakultet dekanlari qatnashdilar. 

Prorektorimiz boshchiligida institutimiz talabalari bo‘shish o‘rinlari bilan tanishdilar.

 Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish orqali kelajakkatayyorlash davlatimiz yoshlar siyosatining ustuvoryo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsaddamamlakatimizda bitiruvchi talaba-yoshlar bilan tizimliva manzilli ishlar olib borilmoqda.

 Xususan, butun respublika bo‘ylab bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” seminar-treninglar hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Uchrashuvlar davomida bitiruvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning kasbiy qiziqishlari, istiqboldagi rejalari, duch kelayotgan muammlar o‘rganilmoqda.

 Joriy yilning 10-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarvazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamda 50 dan ziyodxususiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘tkazilganbitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi shunday muhim amaliy tadbirlardan biri bo‘ldi.

 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, ular datadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va real ishimkoniyatlarini yaratishdan iborat. 

  Muloqotda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2 mingdan ziyod bitiruvchi talaba-yoshlar, yirik tadbirkorlar va soha korxona-tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda soha vakillari va mas’ul mutasaddilar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasidabitiruvchi kurs talabalari uchun muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznesmarafon” motivatsion seminar-trening hamda bo‘sh isho‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, bitiruvchilarga real ish takliflari taqdim qilindi.

 Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida yoshlarga biznesni boshlashda ko‘maklashish, moliyaviy va huquqiy maslahatlarberildi. Amaliy tavsiyalar va ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha tegishli axborotlar taqdim etildi.

 Mazkur uchrashuvlar nafaqat yoshlar bilan bevosita muloqot maydoni, balki ularning kasbiy shakllanishiga xizmat qiluvchi real platforma vazifasini o‘tamoqda. Bugungi yoshlarga bilim, motivatsiya va imkoniyatberish — bu nafaqat ularning shaxsiy rivojiga, balki umummilliy taraqqiyotga qaratilgan katta tashabbusdir. O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagihamkorlik, yoshlar uchun ochiq muloqotlar va maqsadli loyihalarning amalga oshirilishi, yurtimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojida mustahkam tayanch vazifasini o‘tamoqda.

 Uchrashuvda poytaxdagi yirik tadbirkorlar, Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari va bitiruvchi yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bugungi kun yoshlari – ertangi kun yetakchilari. Ularga ko‘mak berish, imkoniyat yaratish va yo‘lko‘rsatish – bu jamiyat taraqqiyotiga eng katta sarmoyadir.