Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, yoshlar ongida milliy o‘zligimizga sadoqat va e’tiqodni kuchaytirish, qadimiy tariximiz hamda boy urf-odat va an’analarimizni keng yoyish maqsadida sentyabr oyi yurtimizda “Xon atlas” oyligi sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Xon atlas” milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar o‘zbek milliy liboslarining betakror ko‘rinishlari – atlas va adras matolaridan tikilgan nafis kiyimlarni namoyish etdilar.
Milliy liboslar namoyishi nafaqat liboslar go‘zalligini, balki ularda mujassam bo‘lgan xalqimizning tarixiy xotirasi, didi va ma’naviy olamini aks ettirdi.
Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va yoshlarda milliy libos kiyishga, qadriyatlarni qadrlashga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi.