Hududlarda "Mahalla yettiligi" faoliyatiga ko'maklashish, "davlat organlarining mahallaga tushib ishlash" tamoyilini joriy etish orqali aholi muammolarini mahallalarning o'zida hal etish maqsadida vazirlik, idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanib ishchi guruh a'zolarini hududlarga chiqish vazifasi belgilandi.
Jumladan O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi maslahatchisi Murodov Sobur G'anievich hamda Toshkent kimyo texnologiya instituti birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich Jizzax viloyatiga ishchi guruh rahbarlari sifatida biriktirilgan.
Ishchi guruh vakillari hokimliklar bilan birga Jizzax viloyatidagi 309 ta MFY dagi mahalla yettiligini joylarga chiqib quyidagi ishlarni tashkil etish vazifasi belgilangan.
-"mahalla yettiligi" va faollari bilan muloqotlar tashkil etib, ularga tashkiliy-uslubiy ko'maklashish;
-aholi muammolarini o'rganish va mahallalardagi tizimli muammolarning yechimi bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
-mahallalarni ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimdan xoli hududga aylantirish bo'yicha ishlash mexanizmi aniq ko'rsatilgan manzilli dasturlar loyihasini ishlab chiqish va tadbiq etish masalalari qo'yilgan bo'lib ishchi guruh vakillari Jizzax viloyatining Yangiobod va Zarbdor tumanlarida joylashgan 32 ta MFY yettiliglari bilan uchrashib metodik tavsiyalar va takliflar berildi.