Ijtimoiy tarmoqlar

She’riyat - milliy qadriyatlarimizning aksidir.

  2025-yilning 14-mart sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining, Neft va gaz texnologiyasi fakultetida "Milliy she'riyat kechasi" doirasida tanlov bo'lib o'tdi. Unda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Dj.Sidikov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

"Milliy she'riyat kechasi" talabalarda badiiy adabiyotga va mutolaaga qiziqishni oshiradi. Milliy qadriyatlar va ularning millat ma'naviyatidagi o'rni, yosh avlodda milliy g'urur, badiiy tafakkur va adabiyotga bo'lgan muhabbatini shakillantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.