Ijtimoiy tarmoqlar

“ShHT: Kelajakning ijodiy gʻoyalari makoni” tanlovining fakultet bosqichi oʻtkazildi

“ShHT: Kelajakning ijodiy gʻoyalari makoni” tanlovining fakultet bosqichi oʻtkazildi

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Xalq Diplomatiya Markazi bilan hamkorlikda texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “ShHT – kelajakning ijodiy gʻoyalari va tashabbuslari makoni” startap loyihalari tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbir talabalar uchun oʻz gʻoyalarini taqdim etish, ijodiy fikrlashni namoyish qilish va texnologik yoʻnalishlarda innovatsion yondashuvlarni ilgari surish uchun muhim imkoniyat yaratdi. 

Ishtirokchilar oziq-ovqat sanoati, ekologik barqarorlik, raqamli boshqaruv va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻz ishlanmalarini taqdim etib, hayʼat aʼzolari bilan jonli muloqotda boʻlishdi.

Jarayon davomida talabalar tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va masʼuliyatli yondashuvlari bilan ajralib turdi. 

Tanlov nafaqat raqobat maydoni, balki talabalarning oʻz ustida ishlashi, yangi fikrlarni sinovdan oʻtkazishi va kelajak uchun muhim qadam tashlashi uchun samarali platforma boʻldi.

Gʻolib jamoa tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.